Turdaliyeva Parizod Kadirovnaning kimyo fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Janubiy Farg‘ona dorivor o‘simliklarining kimyoviy tarkibini va biologik faolligini tadqiq etish” mavzusida
Turdaliyeva Parizod Kadirovnaning “02.00.10 – Bioorganik kimyo” va “14.00.41 - Xalq tabobati (kimyo fanlari)” ixtisosliklari bo‘yicha “Janubiy Farg‘ona dorivor o‘simliklarining kimyoviy tarkibini va biologik faolligini tadqiq etish” mavzusidagi kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 28-avgust kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi 129-uy, Andijon davlat universiteti yangi binosi 1-qavat, 122-xona.
Tel.: (74) -223-88-30; faks: (74) -223-84-33
e-mail: agsu_info@edu.uz