Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turar joy bilan ta’minlashdagi samarali ishlar
18:45 / 2025-08-13

Hozirgi vaqtda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarni turar joy bilan ta’minlash yo‘nalishida samarali ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bu bo‘yicha navbatlarning hamda o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolish holatlarini oldini olish maqsadida ma’lumotlar markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu markazda institutning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi mutaxassislari, tyutorlar va volontyorlar tomonidan turar joyga muhtoj bo‘lgan talabalarni yotoqxona hamda ijara uylar bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam berilmoqda.

Institutda yangi o‘quv yili arafasida Nukus shahrida talaba-qizlar uchun 1 ming 76 o‘rinli, o‘g‘il talabalar uchun 93 o‘rinli, Ellikqal’a tumanida 225 o‘rinli talabalar turar joylari tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida uch joyda – 100, 400 va 362 o‘rinli talabalar turar joyi yangi o‘quv yilida talabalarni qabul qilmoqda. Shu bilan birga, institut atrofidagi mahallalarda 600 ga yaqin ijara uylarining sharoitlari o‘rganilib, yangi o‘quv yiliga tayyorlab qo‘yildi.

[gallery-24739]

O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 14 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori asosida tasdiqlangan reglamentga muvofiq, talabalarning yotoqxonalarga joylashish bo‘yicha arizalari joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali qabul qilinmoqda. Reglament asosida dastlab imtiyoz va ustunlikka ega nomzodlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, ayni paytda institutda talabalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib davlat-xususiy sheriklik asosida smeta-loyiha qiymati 31,5 milliard so‘m bo‘lgan, 500 o‘ringa mo‘ljallangan 6 qavatdan iborat yangi talabalar turar joyining qurilishi ham boshlab yuborilgan.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA muxbirlari