Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuproqqal’ada yangi xonadonlar topshirildi
18:45 / 2025-08-27

Xorazm viloyatining eng chekka tumanlaridan biri bo‘lgan Tuproqqal’adagi 120 gektarga joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivida 1000 tadan ortiq xonadonga mo‘ljallangan 46 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilishi rejalashtirilgan. Bugungacha massivda 608 xonadonga ega 27 ta ko‘p qavatli uy, shuningdek, 330 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 50 o‘rinli oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi.

Istiqlolning 34 yillik bayrami arafasida yana 40 ta xonadon kalitlari o‘z egalariga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ilg‘or quruvchilar munosib taqdirlandi. 

[gallery-24993]

Zamonaviy shaharsozlik me’yorlari asosida ko‘rkam tarzda bunyod etilgan mazkur uylar oilalarning bayram quvonchini qo‘shaloq qildi. 

Ko‘p qavatli uylarning atrofida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, yon-atrofida bolalar maydonchalari, hordiq zonalarining tashkil etilayotgani uy sohiblariga manzur bo‘lmoqda.

Har kim o‘z shaxsiy uyi bo‘lishini xohlaydi. Orzusiga erishgach esa yangi marralarni ko‘zlaydi. Bayram arafasida yangi xonadonga ko‘chib o‘tgan oilalar a’zolari ham yangi O‘zbekistonmizda ko‘zlangan oliy maqsadlarni amalga oshirishda o‘zlarining munosib hissalarni qo‘shadi. 

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari