Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuproq unumdorligini oshirishda tahlil o‘tkazish samaralimi? (+video)
15:13 / 2024-02-27

Tuproq insoniyatga berilgan bebaho ne’matdir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishda hosildorlik birinchi navbatda tuproq unumdorligiga bog‘liq. Ammo, undan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yerlar degradatsiyaga uchramoqda.

Respublikamizdagi sug‘oriladigan yerlarning qariyb 53 foizi turli darajada sho‘rlangan. Mutaxassislarning aytishicha agar ushbu sho‘rlanishning oldi olinmasa, yaqin yillar ichida ekin maydonlaridagi hosildorlik 70% gacha tushib ketishi mumkin ekan. 

- Respublikamizda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurash, sho‘rlanishning oldini olish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan bir qancha qaror va farmonlar chiqarildi, - deydi “Tuproqsifattahlil” korxonasi bosh muhandisi Yashin Suyarov. -  Tuproq qatlamini yaxshilash, bu yaxshi hosil olishning garovi hisoblanadi. Dehqonlarimiz, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar tuproqqa mos oziqa elementlari bilan tahlil natijalariga qarab agrotexnik tadbirlarni bajarishi kerak... (davomi videoda)

Tuproqning tarkibi, uning tuzilishini bilmasdan turib, yerlardan samarali foydalanib bo‘lmaydi. Laboratoriyada o‘tkazilgan sinov natijalari tuproqlarning holati haqida ishonchli ma’lumot beradi va mutaxassislarning ekinlarga agrotexnik va meliorativ tadbirlarni, o‘g‘itlarni tabaqalashtirilgan holda me’yor va muddatini belgilashga yordam beradi. Zero, mineral o‘g‘itlardan noto‘g‘ri qo‘llanilishi ham degradatsiyaga olib kelishi ilmiy isbotlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/WvFfLABaLH4" title="Tuproq tahlili mo‘l hosil garovi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

- Olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida fermerlarimizda yerga bo‘lgan munosabat o‘zgardi, - deydi “Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi” DUK xalqaro aloqalar, innovatsion ilmiy loyihalar bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xoldorov. – Juda ko‘p fermerlarimiz, dehqonlarimiz ekin ekishdan avval bizga tuproq tahlili bo‘yicha murojaat qilishadi. Bu biz tuproqshunoslarni juda xursand qiladi. Ilmiy asoslangan, laboratoriya tahlili natijalari asosida beriladigan o‘g‘itlar, albatta bu tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. 

“Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi” DUK tomonidan 2014-2017-yillar davomida Respublikamizda 93 ta tumanidagi salkam 2.5 mln  gektar sug‘oriladigan yer maydonlarining sho‘rlanish darajasiini aniqlash va xaritaga tushirish ishlari amalga oshirilgan. Ushbu o‘rganilgan maydonlarning 1 mln 743 ming 600  gektari turli darajada sho‘rlanganligi aniqlandi.

 “Tuproqsifattahlil” korxonasi sinov laboratoriyasida amalga oshiriladigan tuproq tahlillari dunyoning 160 ta davlatida tan olinadi. Korxona 2023-yilda tuproq tahlilini o‘tkazishga mo‘ljallangan zamonaviy uskunalar sonini yana 3 taga oshirdi. Natijada tuproq tahlillari 65 tadan 110 taga yetdi. Dehqon va fermerlarga qulaylik yaratish maqsadida korxonada “Mobil laboratoriya” ham faoliyat olib bormoqda.

Boshlanayotgan yangi  ekin mavsumida dehqonlarimizning yer maydonlaridan samarali foydalanishlarida, avvalo uning tarkibi va holatini hisobga olgan holda o‘simliklarning joylashtirishlari albatta kelgusida mo‘l hosil olishlarida qo‘l keladi.  

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA