Tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha Xitoy bilan tajriba almashildi
Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida Xitoy Xalq Respublikasi Geografiya fanlari va tabiiy resurslar tadqiqot instituti professori Li Fadong boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Dastlab delegatsiya a’zolari institut faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muloqot davomida bugungi global iqlim o‘zgarishi davrida qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish, tuproq unumdorligini oshirishning ilmiy asoslarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun tajriba almashish masalalari xususida so‘z bordi.

Sohada mavjud muammolarning yechimini birgalikda hal etish, qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirish, ulardan maqsadli va samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarish, shuningdek, ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Kunning ikkinchi yarmida professor Li Fadong va assistent-professor Peifang Lenglar tomonidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA