Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuproq muhofazasi dolzarb masalaga aylanib bormoqda
09:29 / 2023-02-28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida dastlab Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi yakunlariga to‘xtalib o‘tildi.

Fraksiya a’zolari tashrif davomida bildirilgan fikr-mulohazalar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar haqida so‘z yuritdi. Aholini ijtimoiy himoya qilish, hunar o‘rganish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, turli shakllardagi yordamning haqiqiy egalariga yetib borishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.  

Yig‘ilishda «Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Fraksiya a’zosi Ulug‘bek Vafoyev qonun loyihasining ikkinchi o‘qishda o‘zgarayotgan nomiga e’tiroz bildirdi. Qonun loyihasi bo‘yicha mas’ul qo‘mita huzuridagi ishchi guruh qonun loyihasi nomini «Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida» shaklida o‘zgartirishni taklif etayotgani hujjatning asl maqsadiga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, qonun loyihasini hukumat kiritgan dastlabki holatda qoldirishni taklif qildi.  

Mutaxassislar hozirgi kunda tuproqning o‘zini asrash dolzarb masalaga aylanganini, unumdorlikni oshirish asosiy masala bo‘lib qolayotganini qayd etdi. Lekin fraksiya a’zosini bu izoh qanoatlantirmadi.  

Fraksiya a’zosi Maqsuda Vorisova qonun loyihasida tuproqni asrash emas, mulkdorlar huquqi birinchi o‘ringa chiqib qolayotgan tamoyillar haqidagi me’yor bo‘yicha e’tiroz bildirdi. Ishchi guruh vakillari bu me’yor amaldagi qonunchilikka muvofiq ekanini ta’kidladi.  

Fraksiya a’zosi Sharofiddin Nazarov qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqilib, ma’qullanganidan keyin juda katta o‘zgarishlarga uchragani, ikkinchi o‘qishga taklif etilayotgan holatida amaliyotda anglashilmovchilik va muammolar kelib chiqishi mumkinligini qayd etdi.  

Qonun loyihasi bo‘yicha savol va e’tirozlarga mas’ul qo‘mita hamda ishchi guruh vakillari o‘z munosabatini bildirdi. Qizg‘in muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi qo‘llab-quvvatlandi.

 

O‘zA