Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuproq degradatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha Hindiston bilan hamkorlik qilinadi
16:44 / 2025-10-06

Butun dunyo bo‘yicha “Save Soil”(Tuproqni saqlang) — xalqaro harakati Hindistonda Sadguru (Jaggi Vasudev) tomonidan ilgari surilgan tashabbus hisoblanib, ushbu g‘oya ostida tuproq degradatsiyasini to‘xtatish, unumdorlikni oshirish va kelajak avlodlarga sog‘lom tuproq qoldirish maqsad qilgan.

Shu kunlarda “Save Soil” harakatining MDH davlatlari bo‘yicha bosh direktori Cyjadha Pajagopal mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vaziriga yo‘llagan taklifnoma xatiga binoan bir guruh qishloq xo‘jaligining tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha soha olimlari va yetuk mutaxassislaridan iborat delegatsiya a’zolari Hindiston davlatiga xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining Tuproq unumdorligini oshirish va yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i Oybek Soatov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari Koimbator va Ahmadobod shaharlarida tuproq sho‘rlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar, fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek  “Save Soil” harakatining tuproqda organik moddalar ulushini kamida 3-6 foizgacha oshirish, dehqonlarni kompost, yashil o‘g‘it, organik qoldiqlarni qayta ishlashga o‘rgatish kabi bir qator yo‘nalishlar bilan tanishtirish va bu yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA