Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tunisda migrantlar qayig‘i g‘arq bo‘ldi
10:15 / 2022-08-10

Tunis hududida noqonuniy muhojirlar o‘tirgan qayiq suvga cho‘kib ketdi. Natijada olti kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Mosaique FM” mahalliy radiostansiyasi.

Ma’lumotga ko‘ra, hodisa Tunisning Kerkenna oroli yaqinida sodir bo‘lgan. Qayiqda 30 ga yaqin odam bo‘lib, ulardan olti nafarining jasadi topilgan.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar faqat ayollar va bolalar.

Sohil xavfsizlik kuchlari hozircha 20 nafar Tunis fuqarosini qutqardi. Yo‘qolganlarni qidirish davom etyapti.