Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tunisda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum boshlandi
18:16 / 2022-07-25

Tunisda bo‘lib o‘tayotgan referendumda 9 million kishi ishtirok etish huquqiga ega. Byulletenda atigi ikkita savol qo‘yilgan. Ularning birida, ovoz beruvchilar mamlakatning yangi konstitutsiyasi bilan bog‘liq loyihaga roziligini yoki noroziligini bildirishi kerak.

Ovoz berish jarayoni konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni taklif qilgan prezident tarafdorlari va ularga qarshilar o‘rtasida keskin qarama- qarshiliklar sharoitida bo‘lib o‘tmoqda. Muxolifatchilarning bir qismi o‘z tarafdorlarini ovoz berishni boykot qilishga ham chaqirgan.

2021 yilda Tunisda chuqur siyosiy inqiroz kuzatilgan edi. 2022 yil martga kelib esa Respublika rahbari «davlat va uning institutlarini saqlab qolishni» sabab qilib ko‘rsatib, parlamentni tarqatib yubordi

Agar tuzatish ma’qullansa, Tunis prezident-parlament respublikasi bo‘lishdan to‘xtaydi. Biroq mamlakat ommaviy axborot vositalarining yozishicha, prezidentni va uning mamlakatning siyosiy tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tashabbuslarini mamlakat aholisining ko‘pchilik qismi qo‘llab-quvvatlamoqda.