Tunis saylov komissiyasi konstitutsiya bo‘yicha referendum natijasini tasdiqladi
Tunisning Oliy mustaqil saylov komissiyasi yangi konstitutsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan referendum natijasini tasdiqladi, deb bayonot berdi komissiya raisi Faruk Buaskar.
Ovoz berish dushanba kuni referendum o‘tkazishni taklif qilgan prezident tarafdorlari bilan muxolifatchilar o‘rtasida keskin qarama-qarshiliklar sharoitida bo‘lib o‘tdi. Hatto, muxolifatdagilarning bir qismi o‘z tarafdorlarini referendumni boykot qilishga chaqirdi. Saylov komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, yangi konstitutsiya loyihasini ovoz berishda qatnashganlarning 94,6 foizi qo‘llab-quvvatlagan, lekin saylovchilarning atigi 27 foizi ushbu siyosiy tadbirda ishtirok etgani haqida aytilmoqda.
Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish davlat rahbariga yanada kengroq vakolatlarni beradi.