Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tunis rahbari dunyo jamoatchiligini Afrikadagi ocharchilikka qarshi kurashga chaqirdi
11:36 / 2023-07-25

Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar o‘z resurslarini qurol savdosiga emas, balki Afrikadagi ocharchilikning oldini olishga sarflasa, ma’qul bo‘lardi, dedi Tunis Prezidenti Kays Said.

Mahalliy “Tunis Afrique Press” agentligi xabar tarqatishicha, u mazkur bayonotni Rimda migratsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiyada bergan.  

Said rivojlangan mamlakatlarni keskinlikni ushlab turish maqsadida Afrika mamlakatlariga aslaha sotayotganlikda aybladi. Qurol savdosiga sarflanayotgan mablag‘ Afrikadagi ocharchilikni bartaraf qilishga ishlatilganda, juda ma’qul bo‘lar edi, – degan u. Prezident ta’kidlashicha, migratsiya tarmog‘i va odam savdosi yiliga 150 milliard dollarlik noqonuniy daromad olinishiga sabab bo‘lib, dunyo bo‘yicha 25 million kishining hayotiga tahdid solmoqda.  

Avvalroq Italiya bosh vaziri Jorj Meloni Rimda migratsiya bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiya natijasi BMT Bosh kotibiga jo‘natilganini ma’lum qilib, Italiya donorlar ishtirokida yangi uchrashuv tashkil etish niyatida ekanini bildirgan. Uning fikricha, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash Afrika mamlakatlari bilan strategik hamkorlik doirasida olib borilishi zarur.