Tunis: namoyishchilar hukumat iste’fosini talab qilmoqda
Tunisning qator shaharlarida mamlakat hukumati iste’fosi va siyosiy tuzum o‘zgartirilishi talabidagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
“TASS”ning mahalliy “Mosaique FM” radiosi ma’lumotiga tayanib bergan xabariga qaraganda, namoyishlar poytaxt tegrasidagi Bardo shahrida boshlangan, namoyishchilar xalq vakillari Assambleyasi binosini qurshab olgan.
Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgan. Odamlar parlamentning tarqatilishini, siyosiy tuzum o‘zgarishi va shuningdek, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hamda epidemiologik vaziyat yomonlashuvi bo‘yicha aybdor rasmiylar javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda.