Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi reyd: Yangiyo‘lda issiqxonalar faoliyati o‘rganildi
18:47 / 2026-02-05

Atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini asrash hamda issiqxona xo‘jaliklarida ekologik talablarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida navbatdagi ekoreyd nazorat tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur reydlar doirasida tumanning "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan issiqxonalar faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Xususan, fuqaro Alim Toshmatov tomonidan tashkil etilgan issiqxonada olib borilgan o‘rganishlar davomida isitish qozoniga maxsus filtr moslamasi o‘rnatilgani, ushbu qurilma amalda ishlayotgani hamda ekologik talablarga to‘liq javob berishi aniqlandi.

Shuningdek, Dehqonobod MFY hududida joylashgan fuqaro Ilhom Durdiyevga tegishli issiqxona faoliyati ham tekshirildi. Nazorat tadbirlari natijasida mazkur issiqxonada ham isitish qozoniga tozalash filtri o‘rnatilgani va uning belgilangan texnik hamda ekologik talablarga mos ekani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur ekoreyd tadbirlari issiqxonalarda ekologik me’yorlarga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning oldini olishga qaratilgan bo‘lib, bunday nazorat ishlari kelgusida ham tizimli ravishda davom ettiriladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zg78RrWzxeo" title="Tungi reyd: Yangiyo‘lda issikqonalar faoliyati o‘rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov, O‘zA