Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida ekologik holatni yaxshilash, atmosfera havosini muhofaza qilish hamda amaldagi ekologik talablar ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi ekoreyd nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Reyd davomida tumanda joylashgan bir nechta issiqxonalarda isitish pechlari va zararli chiqindilarni kamaytirishga mo‘ljallangan tozalash filtrlarining texnik holati atroflicha o‘rganildi.
Xususan, tumanning Qirsadoq mahallasida joylashgan issiqxonalardan birida isitish pechi va tozalash filtri ish faoliyati tekshirilib, ularning soz holatda ekani, ekologik talablarga zid holatlar aniqlanmagani ma’lum bo‘ldi.
Shu mahallada joylashgan yana bir issiqxonada o‘tkazilgan o‘rganishlar chog‘ida esa, isitish pechi va tozalash filtrdan vaqtincha foydalanilmayotgani aniqlandi. Ushbu holat yetishtirilayotgan qulupnay hosiliga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi, hosil pishib yetilgani va yaqin kunlarda bozorga chiqarilishi ta’kidlandi.
Mutasaddilar tomonidan issiqxona egalariga ekologik talablarga qat’iy rioya etish, mavjud nosozliklarni bartaraf etish va atrof-muhitga salbiy ta’sirning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xGSn8wSe2v8" title="Tungi reyd: Yangiyo‘lda ekologik holat o‘rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov, Oybek Davronov (video), O‘zA