Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi reyd va yong‘in: G‘azoda keskinlik kuchaydimi?
20:46 / 2026-02-26

G‘arbiy sohildagi Susiya qishlog‘ida mahalliy aholi niqobli guruhlar tungi payt chodir va mashinalarga o‘t qo‘ygani haqida guvohlik bergan. Tarqatilgan video lavhalarda bir guruh shaxslar hududga yaqinlashib, oddiy odamlar mulkiga o‘t qo‘yayotgani aks etgan. Fuqarolar ularni isroilliklar, deya ta’kidlamoqda.

– Deyarli har kuni hujum bo‘ladi, yo‘l yoqasida yashaganimiz uchun nishonga aylanyapmiz, – deydi shu yerlik Halima Abu Id. – Kecha hamma joyni yondirishdi. Isroil armiyasi esa hududga harbiylar yuborilgani, “falastinliklar mulkiga qasddan o‘t qo‘yish” holati bo‘yicha tergov boshlanganini bildirdi.

2023-yil oktabrda G‘azoga qarshi harbiy harakatlar boshlangandan keyin G‘arbiy sohilda zo‘ravonlik keskin kuchaydi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning o‘zida 800 dan ortiq falastinlik muntazam hujumlar tufayli uyini tark etgan. Fevral oyida 86-marta shunday hodisa qayd etilgan, o‘nlab odam jarohat olgan. Kuzatuvchilar aytishicha, tungi reyd, mulkni vayron qilish va aholini qo‘rqitish holati odatiy tus olgan.

Musulmon Ziyo, O‘zA