Toshkent viloyati Zangiota tumanida keng qamrovli ekoreyd tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur nazorat jarayonlarida tuman prokuratura organlari, ichki ishlar bo‘limi vakillari hamda ekologik holatni o‘rganish uchun shakllantirilgan maxsus ishchi guruh a’zolari keng qamrovda ishtirok etdi.
Reyd davomida issiqxonalar va g‘isht ishlab chiqaruvchi sexlarning isitish hamda g‘isht pishiruvchi pechlari ekologik va texnik talablarga qanchalik mosligi o‘rganildi. Atmosferaga zararli tutun hamda chiqindilar chiqarilishini oldini olish maqsadida korxonalarda filtr o‘rnatilishi alohida nazoratga olindi. Talablarga javob bermagan ba’zi xo‘jaliklar ogohlantirilib, filtr o‘rnatilgunga qadar ularning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Xususan, Kengkichik" MFY hududidagi "O‘rtovul Oltin G‘isht" MCHJ g‘isht ishlab chiqarish sexida filtr uskunalarisiz faoliyat yuritilgani va atmosfera havosiga zararli chiqindilar chiqarilayotgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan ushbu g‘isht ishlab chiqarish sexi belgilangan tartibda ma’muriy chora kurildi.
Tumanga biriktirilgan ishchi guruh tomonidan hududdagi issiqxona xo‘jaliklari tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan zararli tashlamalar bo‘yicha monitoring ishlari davom ettirilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kgOpxmOFARQ" title="Tungi reyd: Toshkentda ekologik talablarni buzgan korxonalarga keskin choralar ko‘rilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanovb,O.Davronov(video),
U.Toʻxtayev(montaj),OʻzA