Toshkent viloyati Toshkent tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik talablarga rioya etilishi holatini o‘rganish maqsadida ekologik reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd tadbirlari tumanning “Qirariq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilib, undagi mavjud issiqxona faoliyati tekshirildi.
Tekshiruv jarayonida issiqxonalarda issitish pechlariga o‘rnatilgan tozalash filtri ko‘zdan kechirilib, uning texnik jihatdan soz va ishchi holatda ekani aniqlandi.
Xuddi shu mahallada joylashgan yana bir issiqxonada esa isitish pechining holati o‘rganilib, undan foydalanish tartibi hamda ekologik me’yorlarga muvofiqligi tekshirildi.
Shuningdek, yana bir qancha issiqxonalar o‘rganilib, ularning egalari bilan ekologik xavfsizlik qoidalariga rioya etish, havoni ifloslantiruvchi omillarni kamaytirish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarida tushuntirish ishlari olib borildi.
Mas’ullar tomonidan bunday ekologik reydlar kelgusida ham davom ettirilishi, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan nazorat tadbirlari kuchaytirilishi ta’kidlandi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZFASsFZBXkQ" title="Tungi reyd: Toshkent tumanida ekologik reyd o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov, Oybek Davronov (video), O‘zA