Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi reyd: Qibrayda issiqxonalardagi vaziyat o‘rganildi (+video)
17:49 / 2026-02-14

Atrof-muhitni muhofaza qilish va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyati Kibray tumanida ekologik nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tuman ekologiya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan reydlar davomida hududda faoliyat yuritayotgan issiqxona faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik sub’ektlarining ekologik talablarga rioya etish holati o‘rganildi.

Reyd tadbirlarining asosiy manzillaridan biri tumanning "Madaniyat" mahalla fuqarolar yig‘ini hududi bo‘ldi. Gulchilikka ixtisoslashgan yirik issiqxonada isitish mavsumida foydalanilayotgan pechlarning texnik holati, shuningdek, ularga o‘rnatilgan havo tozalash filtrlarining ishlash sifati tekshirildi. 

Mutaxassislar tomonidan filtrlarning zararli tutun chiqishini kamaytirishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, hududdagi gulchilikka ixtisoslashgan yana bir issiqxonada ham ekologik nazorat ishlari olib borildi. Unda isitish tizimlarining texnik sozligi va amaldagi ekologik me’yorlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar yakuniga ko‘ra, tekshiruvdan o‘tgan issiqxonalarda isitish pechlari hamda havo tozalash filtrlari texnik jihatdan soz ekani, ularning faoliyati belgilangan ekologik talablarga javob berishi aniqlandi.

Reyd davomida tadbirkorlarga atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik talablarga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, bunday nazorat tadbirlari tuman bo‘ylab izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/W5_MvGxvJmw" title="Tungi reyd: Qibrayda issiqxonalardagi vaziyat o`rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov,
Oybek Davronov (video),
O‘zA