Toshkent viloyati Toshkent tumanida navbatdagi ekologik reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd davomida tumanda faoliyat yuritayotgan bir qator issiqxonalar holati o‘rganilib, ularning ekologik talablarga muvofiqligi baholandi.
Xususan, «Hasanboy guzari» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan issiqxonalardan birida olib borilgan nazorat tadbirida isitish pechi hamda havo tozalash filtri soz holatda ishlayotgani, shuningdek, amaldagi ekologik me’yor va talablarga to‘liq javob berishi aniqlandi.
Shu mahallada joylashgan yana bir issiqxona faoliyati ham o‘rganildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu issiqxonada ham o‘rnatilgan isitish pechi va tozalash filtri texnik jihatdan soz holatda ekani hamda belgilangan talablar asosida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mas’ullar ta’kidlashicha, bunday reydlar hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining ekologik mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/rCqd_4O4cF0?si=xATmEgUpaNYQFcVH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Hamroz Bayanov, O‘zA