Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi reyd: Andijonda 33 dona mayning qurilmasi tizimga 2,4 milliard so‘mlik zarar yetkazgan
10:45 / 2023-12-10

Mayning uskunalari sizu biz tasavvur ham qilolmaydigan darajada elektr energiyasini iste’mol qiladi.

Yaqinda Andijon viloyatida 2,4 milliard so‘mdan ziyod zarar keltirgan ana shunday mayning qurilmasi faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bu haqda "O‘zenergoinpeksiya"  matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi:  

"Doimiy olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaramasdan, elektr energiyasidan hisobsiz va to‘lovsiz foydalanish,  boshqa iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash sifatiga hamda tizimning ishonchliligiga katta putur yetkazishi holatlari hamon uchramoqda.

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» kuni kecha huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari bilan hamkorlikda Andijon viloyatida navbatdagi tungi reyd tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir davomida “E.“ MCHJga tegishli ishlab chiqarish sexida 33 dona mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan holda, noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu MCHJ tomonidan tizimga 2,4 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan".  

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA