French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi ekoreyd: Toshkent viloyatida navbatdagi ekoreydlar o‘tkazildi
21:31 / 2025-12-24

Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz. Shu maqsadda mas’ul tashkilotlar hamkorligida ekologik qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ekoreyd tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyatida navbatdagi shunday ekoreyd tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlar doirasida Zangiota tumanida joylashgan bir qator issiqxonalar faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida issiqxonalardagi isitish pechlarining texnik holati, ularga tozalash filtrlari o‘rnatilgani hamda amaldagi ekologik va texnik talablarga muvofiqligi tekshirildi.

Ko‘zdan kechirilgan issiqxonalarda tozalash filtrlari mavjudligi va ular belgilangan me’yorlarga javob berishi aniqlandi. Shuningdek, reyd davomida tadbirkorlarga ekologik talablar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1PdW4skAlvs" title="Tungi ekoreyd: Toshkent viloyatida navbatdagi ekoreydlar o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov, O‘zA