Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi ekoreyd: Qibrayda navbatdagi ekoreyd o‘tkazildi (+video)
14:49 / 2026-02-10

Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik talablar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyati Qibray tumanida navbatdagi ekoreyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida tumanning "Sohibkor" MFY hududida joylashgan "Qibray Universal Garden" MCHJga tegishli issiqxonalar faoliyati atroflicha o‘rganildi.

Tekshiruv jarayonida issiqxonada foydalanilayotgan isitish pechi hamda unga o‘rnatilgan tozalash filtrlari texnik va ekologik talablarga muvofiqligi bo‘yicha ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar natijasida mazkur uskunalar soz holatda ekani, shuningdek, ularning amaldagi ekologik va texnik me’yorlarga to‘liq javob berishi aniqlandi.

Mazkur holat tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ekologik mas’uliyatga jiddiy e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatib, atrof-muhitni asrash borasidagi tizimli ishlarning samarali olib borilayotganidan dalolat beradi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/uXes85_oApU" title="Tungi ekoreyd: Qibrayda navbatdagi ekoreyd o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov,

Oybek Davronov (video), O‘zA