Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi ekoreyd: Issiqxonalarda nosoz filtrlar aniqlandi (+video)
18:58 / 2026-01-25

Toshkent viloyati Qibray tumanida navbatdagi ekoreyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda tuman ekologiya boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilib, “Qurilish” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borildi.

Reyd davomida hududda joylashgan issiqxonalarning faoliyati o‘rganildi. 

Tekshiruv jarayonida issiqxonalardan birida isitish pechiga o‘rnatilgan tozalash filtri nosoz holatda ekani hamda amaldagi texnik talablarga javob bermasligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan issiqxona egasiga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi qo‘llanildi.

Shuningdek, ushbu MFY hududida joylashgan yana bir issiqxona o‘rganilganda, isitish pechiga o‘rnatilgan tozalash filtri umuman ishlamayotgani ma’lum bo‘ldi. Issiqxona egasi yangi tozalash filtri tayyorlanayotgani va uni bir kun muddatda o‘rnatishini bildirgan. 

Biroq, mutaxassislar mazkur holat qonuniy choralar ko‘rmaslik uchun asos bo‘la olmasligini, tozalash filtri ishlamagan taqdirda issiqxona faoliyatini davom ettirishga ruxsat berilmasligini tushuntirdi.

Natijada, ushbu holat yuzasidan ham qonunchilikda belgilangan tartibda jarima jazosi qo‘llanildi.

Mutaxassislar tadbirkorlarni ekologik talablarga qat’iy rioya etishga chaqirdi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/z_z4Wh8Crvo" title="Tungi ekoreyd: Issiqxonalarda nosoz filtrlar aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov,
Oybek Davronov (video), O‘zA