English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi ekoreyd: Issiqxonalarda nosoz filtrlar aniqlandi (+video)
21:25 / 2025-12-12

Ekologik muhitni yanada yaxshilash va havo ifloslanishining oldini olish maqsadida Toshkent viloyatida nazorat tadbirlari davom etmoqda. Tungi reydlar chog‘ida bir qator issiqxonalarda qo‘llanilayotgan tozalash uskunalarida jiddiy kamchiliklar borligi ma’lum bo‘ldi.

Toshkent tumanidagi Oqibat mahallasida joylashgan issiqxonalardan birida filtr tizimi texnik talablarga javob bermasligi aniqlandi. Mazkur qonunbuzarlik bo‘yicha tuman Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan issiqxona egasiga rasmiy ogohlantirish berildi.

Yana bir holatda, tumanning Hasanboy mahallasidagi issiqxonalardan birida filtr umuman o‘rnatilmagani qayd etildi. Issiqxona egasi oldin ham tekshiruv o‘tkazilgani, ogohlantirish berilgani va hozirda isitish pechi ta’mirlangani, filtr o‘rnatish ishlari esa endi boshlanganini ma’lum qildi.

Mutasaddilarga ko‘ra, bunday kamchiliklar havo sifatini yanada yomonlashtirishi mumkin. Shu bois reydlar muntazam davom etmoqda va har bir aniqlangan holat bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZMNrN3S-5s4" title="Tungi ekoreyd: Issiqxonalarda nosoz filtrlar aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov, O‘zA