Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi ekoreyd: issiqxonalar faoliyati talab darajasida (+video)
14:33 / 2026-01-25

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida navbatdagi ekoreyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan ushbu tadbir davomida "Qushyog‘och" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi.

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan o‘rganishlar jarayonida issiqxonalarda o‘rnatilgan isitish pechlari va tozalash filtrlarining texnik holati, ularning ishlash samaradorligi hamda amaldagi ekologik talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, issiqxonalardagi isitish tizimlari va filtrlash uskunalari yaxshi texnik holatda ekani, qonuniy me’yorlarga to‘liq javob berayotgani aniqlandi.

Shu mahallada joylashgan yana bir issiqxona faoliyati ham o‘rganilib, undagi texnik vositalar ham belgilangan ekologik va texnik talablar asosida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur ekoreyd tadbirlari tuman hududida sog‘lom ekologik muhitni saqlash va qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan doimiy ishlarning bir qismi hisoblanadi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RwtUIXS-gAc" title="Tungi ekoreyd: issiqxonalar faoliyati talab darajasida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov,
Oybek Davronov (video), O‘zA