Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tungi ekologik reyd: nosoz tozalash filtrlari aniqlandi (+video)
21:26 / 2026-01-31

Toshkent viloyati Zangiota tumanida navbatdagi ekologik reyd tadbirlari o‘tkazildi. Reyd davomida tuman hududida faoliyat yuritayotgan bir qator issiqxonalarning holati atroflicha o‘rganildi.

Xususan, “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan issiqxonalardan birida o‘tkazilgan nazorat tadbirida isitish pechi hamda unga o‘rnatilgan tozalash filtri texnik jihatdan soz holatda ekani, shuningdek, amaldagi ekologik talablarga to‘liq javob berishi aniqlandi.

Shu bilan birga, ayni mahalla hududidagi boshqa bir issiqxonada o‘tkazilgan reyd davomida isitish pechiga o‘rnatilgan tozalash filtri nosoz holatda ekani va ekologik me’yorlarga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan qonunbuzarlik holati yuzasidan ekologiya xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, issiqxona mas’ul shaxslariga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/tQH4fjmXV18" title="Tungi ekologik reyd: nosoz tozalash filtrlari aniqlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Hamroz Bayanov, O‘zA