Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tumaris.Tech 2022 yilgi Axborot jamiyati bo‘yicha Butunjahon sammitida g‘olib bo‘ldi
14:45 / 2022-06-01

30 maydan 3 iyunga qadar Jenevada World Summit on the Information Society Forum 2022 (WSIS 2022) yakuniy haftasi bo‘lib o‘tadi.

Sammit BMT tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, uning doirasidagi tadbirlar tuzilma tarkibiga kiruvchi Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan tashkil etilgan. Forumda jami 70 dan ortiq davlat ishtirok etmoqda. Mazkur keng ko‘lamli tadbirda O‘zbekiston Respublikasi nomidan mamlakatimiz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qatnashmoqda. 

2012 yildan boshlab BMT agentliklari va xalqaro tashkilotlar – BMT YIK, UNESCO, UNICEF, JSST ishtirokida WSIS doirasida har yili mamlakatlar, shaharlar va mintaqalar o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatga ega IT xizmatlarini yaratishda erishilgan yutuqlariga bag‘ishlangan “WSIS Prizes” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.  

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad hayotning barcha jabhalarida joriy etishga mo‘ljallangan muvaffaqiyatli xalqaro tajribalarni aniqlashdan iborat. “WSIS Prizes” mukofotiga butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish maqsadida AKT salohiyatini ishga soluvchi ko‘zga ko‘ringan loyihalar 18 ta nominatsiya bo‘yicha loyiq ko‘riladi. IT Park tomonidan amalga oshirilgan Tumaris.Tech loyihasi Sapacity building” nominatsiyasida g‘olib chiqib, ushbu yo‘nalish bo‘yicha sovrin qo‘lga kiritdi. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Tumaris.Tech – IT Park Uzbekistan tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalardan biri. U 2020 yil iyul oyida ishga tushirilgan.  

Tumaris.Tech dasturi ayollarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Loyiha bir necha tarkibiy qismlardan iborat. U ayollarning AKT ekotizimiga jalb etilishini oshirishga qaratilgan bo‘lib, BPO (Business Process Outsourcing)ni rivojlantirishdan tortib, frilanser sifatida ishlashni xohlovchi ayollarga ta’lim berish, startaplarni rivojlantirish va investitsiyalar bo‘yicha treninglargacha bo‘lgan yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.  

Ikki yil ichida loyiha 30 ta startap ko‘rinishida o‘z samarasini berdi va 200 dan ortiq qizlar IT sohasida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Hozirda loyiha Markaziy Osiyo bo‘ylab kengaymoqda. Endilikda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston vakillari ham Tumaris.Tech dasturlarida ishtirok etishi mumkin. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, World Summit on the Information Society Forum 2022 yil 15 mart kuni virtual formatda o‘z ishini boshladi. Yakuniy hafta 2022 yilning 30 maydan 3 iyunga qadar Jenevada bo‘lib o‘tadi.  

Forumning bu galgi shiori “AKT: farovonlik, inklyuzivlik va barqarorlik uchun. Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) yo‘lida WSIS doirasidagi hamkorlik” deb nomlangan.  

G.Sattorova O‘zA