English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tumanda amalga oshirilayotgan amaliy ishlar o‘rganildi
12:20 / 2026-03-04

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Ellikqal’a tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Jo‘qorg‘i Kengesi raisi dastlab “Zarbdor tajribasi” asosida Oqchako‘l bo‘yidagi turistik-rekreatsion zonasida bo‘ldi. Shundan so‘ng, Qabatqal’a mahallasi hududidagi “Bo‘ston Buxgalteriya” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan qog‘ozni qayta ishlash, “Ellikqal’a oltin tolasi klasteri” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan paxtani qabul qilish punktini tashkil etish va tayyor trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqarish, “Medi-um energy stream” mas’uliyati cheklangan jamiyatining polietilen quvurlar ishlab chiqarish loyihalari ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan har qanday loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriq berildi.

Shuningdek, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jiyda ko‘chatini yetishtirish loyihasi va aholiga ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlarning borishi o‘rganildi. Qo‘shimcha daromad topishga qaratilgan loyihalarni ko‘paytirish kerakligi alohida ta’kidlandi.

Navoiy mahallasidagi “Bo‘ston strausi” fermer xo‘jaligi tomonidan tuyaqush boqish, Qo‘shqo‘ra mahallasi hududidagi “Islom nasl chorva” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan chorvachilik majmuasini tashkil etish, Dumanqal’a mahallasidagi Allabergan Madaminov tomorqasida tashkil etilgan ko‘chatchilik loyihalari ham ko‘zdan kechirildi. Shundan so‘ng, ushbu mahalla hududidagi “Boston Cherri” fermer xo‘jaligida yangidan barpo etilayotgan o‘rik bog‘iga “Yashil makon” loyihasi doirasida qishloq oqsoqollari bilan meva ko‘chatlari o‘tqazildi.

Shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi rahbarligida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab aholining qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish, farovon hayotni ta’minlash yo‘nalishida davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilgan imtiyozlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yoshlar bandligini ta’minlash borasida berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng tumanni har tomonlama rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish kabi belgilangan vazifalarning bajarilishi va boshqa masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi. 

Tadbirda o‘z vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullarga intizomiy jazo chorasini qo‘llash, zarur bo‘lsa, lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.