Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman prokurori tashabbusi bilan yangi maktab qurildi
16:56 / 2021-12-01

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi “Mustahkam do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘zbek, qoraqalpoq, tojik millat vakillari istiqomat qiladi. Bu yerda joylashgan 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi 60 o‘rinli eskirgan o‘quv binosi talabga javob bermaganligi uchun buzib tashlandi.

Tuman prokurori Ilhomjon Xo‘jayev tashabbusi bilan eski bino o‘rniga hashar va homiylik yordami hisobidan byudjet mablag‘larisiz 1,6 milliard so‘m qiymatdagi 160 o‘rinli zamonaviy tipdagi maktab binosi qurilishi rejalashtirildi.Maktabning yangi o‘quv binosiga poydevor qo‘yish ishlari nihoyasiga yetkazilib,  joriy yilning may oyida birinchi g‘isht qo‘yilgandi. Qurilish ishlari sifatli bajarilib,  yo‘ldosh bino to‘liq bitkazildi.  

Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyorjon Ismoilov, tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maktab binosi ochilib, foydalanishga topshirildi.

–Yozyovon tumanining chekka mahallasida tuman prokurori tashabbusi va hashar yo‘li bilan bunday binoning qurilishi katta voqea, – dedi viloyat hokimi. – Xayrli ishga bosh bo‘lgan, qurilishga hissa qo‘shgan barchaga rahmat. Zero, maktab qurish dunyodagi eng savobli ishdir.

Mehmonlar “Yashil maydon” loyihasi doirasida maktab hududiga manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.

 

M. Sulaymonov
M. Qodirov (surat), O‘zA