Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman prokurori hisobot berdi
17:19 / 2023-07-27

Andijon viloyati Xalq deputatlari Paxtaobod tumani kengashining navbatdagi sessiyasida tuman prokurori N.Mamatazizovning 2-sektor hududida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Tadbirda tuman prokuraturasi tomonidan joriy yilning birinchi yarmida qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.  

Hisobotda qayd etilishicha, tuman prokuraturasi tomonidan olib borilgan ishlar natijasida 300 dan ziyod prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, 176 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan. Sudlarga 4,6 milliard so‘mlik moddiy zararlarni undirish bo‘yicha 34 ariza kiritilgan. Bundan tashqari, yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida aybdor shaxslardan 3,3 milliard so‘m miqdoridagi zararlar undirilgan. Shuningdek, 2-sektor hududidagi 11 mahallada uyma-uy yurish orqali aniqlangan 932 muammoning 921 tasi ijobiy hal etilgan, qolgan 11 muammoning hal etilishi ma’lum muddat talab etganligi bois, ularning ijrosi nazoratga olingan.  

Sessiyada kun tartibida ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA