Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman prokuraturasidan xayrli tashabbus
11:39 / 2025-11-25

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumani prokuraturasi tashabbusi bilan hududdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning tibbiy ko‘rigi tashkil etildi.

Mazkur daftarga kiritilgan ayollar bilan bo‘lgan suxbat, ularning yashash sharoiti, muammolari o‘rganilganligi barchada birdek ijobiy taassurot qoldirdi. Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilgan xotin-qizlar “Xunarmand” uyushmasiga a’zo qilindi.  

Ta’kidlash joizki, har yili xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida mamlakatimizda “Ayollar daftari” shakllantiriladi. Beruniy tumani “Ayollar daftari” ning 6 bosqichi toifalariga kiritish maqsadida 6 ming 70 nafar xotin-qizning ruyxati shakllantirildi.

Tumanda 2025 yil davomida ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlardan 6 ming 43 nafariga turli yordam ko‘rsatildi. “Ayollar daftari”ning 1-toifasi ijtimoiy himoyaga muxtoj, ishsiz xotin-qizlardan 4 ming 906 nafarining bandligi ta’minlandi.  

Tadbir yakunida tikuvchilik bilan shug‘ullanuvchi bir nechta xotin-qizga mehnatlarining orqasidan daromadlarini yanada orttirishi uchun ko‘maklashish maqsadida buyurtmachi tadbirkorlar bilan uchrashuv uyushtirishni tashkil etish rejalashtirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri