Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Tuman prokuraturasi bog‘i” barpo etildi
10:44 / 2025-11-18

Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi Qorovultepa mahallasida 2 gektar yer maydonida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Tuman prokuraturasi bog‘i” barpo etildi.

Dastlab daraxt ekish jarayonida aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish, yoshlarda tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish hamda hududdagi yashil maydonlarni ko‘paytirish to‘g‘risida so‘z yuritildi. 

Mazkur hududga 2,5 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekilgan ko‘chatlar orasida yong‘oq, olma, shaftoli kabi mevali daraxtlar, shuningdek, kiparis va turli manzarali ko‘chatlar ham mavjud.

Ta’kidlanishicha, tashkil etilgan yangi bog‘ kelgusida aholi uchun hordiq chiqarish maskaniga aylanishi, shuningdek, tumanning ekologik barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri