Tuman pensiya jamgʻarmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb etilmagan
Baʼzi axborot saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 2-oktyabr kuni Toʻrtkoʻl tumani pensiya jamgʻarmasi xodimlarining 90 kilometr masofadan qatnatib, paxta terishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Baʼzi axborot saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 2-oktyabr kuni Toʻrtkoʻl tumani pensiya jamgʻarmasi xodimlarining 90 kilometr masofadan qatnatib, paxta terishga majburlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmati ushbu xabar oʻz tasdigʻini topmagani haqida haqida xabar berdi.
Holat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi vaziyatni oʻrganib quyidagicha rasmiy axborot berdi.
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi xodimlari shanba-yakshanba kunlari paxta terimiga majburan olib chiqilmoqda, degan mazmunda tarqalgan xabar yuzasidan Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimida oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari N.Hakimov ishtirokida oʻtkazildi.
Mazkur oʻrganish davrida quyidagilar maʼlum boʻldi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimida ishlovchi jami 19 nafar xodimdan 15 nafari oʻz ish oʻrinlarida ishlayotganligi, 4 nafar xodim sababli oʻz ish oʻrnida yoʻqligi aniqlandi. Yaʼni, oʻrganish oʻtkazilgan kuni Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻi B. Zakirjonov ish haqi saqlanmagan xolda taʼtildaligi, ikki nafar xodim mehnat taʼtildaligi, bir nafar xodim kasalligi tufayli kasalxonada boʻlganligi sababli oʻrganish jarayonida qatnashmadi.
Oʻrganish oʻtkazilgan kuni oʻz ish oʻrnida boʻlgan 15 nafar Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi xodimlari bilan alohida suhbat oʻtkazildi, suhbat jarayonida 11 nafar xodim shanba-yakshanba kunlari paxta terimiga chiqmaganliklari, oʻz uylarida, uy ishlari bilan shugʻullanib dam olganliklarini maʼlum qilishdi. 4 nafar xodim oʻz ixtiyorlari bilan qoʻshimcha daromad topish uchun 2019-yil 28, 29-sentyabr shanba-yakshanba dam olish kunlari paxta terimiga borib paxta terganligini, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi boshligʻi tomonidan shanba-yakshanba dam olish kunlari majburan paxta terimiga chiqarilmaganligini maʼlum qilishdi.
Xulosa qilganda, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Toʻrtkoʻl tuman boʻlimi xodimlari shanba-yakshanba dam olish kunlari paxta terimiga majburiy jalb qilinmaganligi aniqlanib, ushbu xabar oʻz tasdigʻini topmadi”.