Tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikda yangi shifokorlik punkti ish boshladi
Payariq tumanida bir qator ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
Markazdan 60-70 km. uzoqlikda joylashgan “Nakurt” mahallasida qurib bitkazilgan “Boshmoq” oilaviy shifokorlik punkti shular jumlasidandir.
Qishloq ahli birdamligi ortidan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2022 yil ikkinchi mavsumida g‘olib deb topildi.


Yangi va zamonaviy tibbiyot maskanining ochilish marosimida tuman hokimi I.Jabborov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyev, 2-sektor rahbari F.Egamqulov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, xalq manfaati, ularni bugunidan rozi qilish ekanligi alohida ta’kidladi.


Tadbirda ishtirok etgan mahalla oqsoqollari bundan juda ham mamnun ekanligini bildirib, duoga qo‘l ochdi.
M. Qosimova, O‘zA