Tuman markazidan 265 kilometr uzoqlikdagi mahalla
Fotoreportaj
Buxoro viloyati Romitan tumanining “Qizilravot” mahalla fuqarolar yig‘inida 133 oila istiqomat qiladi.
Mahalla hududi Amudaryoga yondosh, Xorazm viloyatiga chegaradosh hisoblanadi. Tuman markazidan 265 kilometr uzoqlikda, Qizilqum kengliklari bag‘rida joylashgan.
Qizilravotlik aholining aksariyat qismi qozoq millatiga mansub. Hudud ahli asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Xususan, Qizilqum kengliklari maydonlarida dehqonchilik qilib, sholi yetishtiradi.
[gallery-5591]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA