Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman hokimining qarori bekor qilindi
11:40 / 2020-06-23

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini Yuqori Yuqsun qishlogʻida yashovchi fuqaro Ya.V. fermer xoʻjaligining yer maydoni olib qoʻyilganligidan norozi boʻlib tuman hokimining tegishli qarorini bekor qilishni soʻrab yozgan murojaati viloyat adliya boshqarmasi tomonidan oʻrganildi.


Buxoro viloyati Shofirkon tumani Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini Yuqori Yuqsun qishlogʻida yashovchi fuqaro Ya.V. fermer xoʻjaligining yer maydoni olib qoʻyilganligidan norozi boʻlib tuman hokimining tegishli qarorini bekor qilishni soʻrab yozgan murojaati viloyat adliya boshqarmasi tomonidan oʻrganildi.

Oʻrganishlar natijasida fermer xoʻjaligi rahbari Ya.V.ning arizasi olinmasdan tuman hokimining 2019-yil 28-yanvardagi qarori bilan fermer xoʻjaligining jami 2,7 gektar yer uchastkasi zaxira yer fondi hisobiga qaytarilganligi aniqlandi. Shuningdek, fermer xoʻjaligining tuman zaxira yer fondi hisobiga qaytarilgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga asosan tumandagi boshqa fermer xoʻjaligiga qoʻshib berilgan.

– Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasida yer uchastkalarini ijaraga olish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish taraflarning kelishuvi bilan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qarori bilan amalga oshiriladi, – deydi viloyat Adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi bosh maslahatchisi Anvar Rahmonov. – Mazkur kodeksning 36-moddasida butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda bekor qilinishi koʻrsatilgan. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Fermer xoʻjaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 13-bandida yer maydonini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilish va fermer xoʻjaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, mahalliy davlat hokimiyati organlari (tuman (shahar) hokimi) tomonidan taqdim etiladigan daʼvolar asosida, iqtisodiy sud qaroriga binoan amalga oshirilishi, 21-bandida tuman (shahar) hokimi xalq deputatlari tuman Kengashining yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud yer maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisidagi qarori asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasini, dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi rahbari bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yoxud uning yer uchastkasi maydonini maqbullashtirish toʻgʻrisida fermer xoʻjaligi rahbariga taklif kiritishi, shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi taklif fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan rad etilganda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasida belgilangan muddatda javob olinmaganda tuman (shahar) hokimi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, xalq deputatlari tuman Kengashining qarorini, Komissiyaning xulosasini, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining xulosasini dalolatnomani va boshqa zarur hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda fermer xoʻjaligi bilan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini bekor qilish yuzasidan iqtisodiy sudga daʼvo arizasini yuborishi belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 12-moddasida davlat organining yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan hamda fuqarolarning yoki yuridik shaxsning fuqarolik huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkinligi koʻrsatilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 26, 27-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkor manfaatini koʻzlab Shofirkon tuman maʼmuriy sudiga mansabdor shaxsning xatti-harakatlaridan noroziligi haqida ariza kiritildi.

Natijada Shofirkon tuman Maʼmuriy sudining hal qiluv qaroriga asosan Shofirkon tuman hokimining 2019-yil 28-yanvardagi qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizasi qanoatlantirilib, fuqaro murojaati ijobiy hal etildi.