Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman hokimi yoshlarni kitob o‘qish, gazeta mutolaa qilishga chorladi
15:35 / 2020-12-12

Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tayotgan sessiyalarda hokimlar 2020 yilda amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda 2021 yilda Buxoro tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan aholiga murojaat qilmoqda.

Navbatdagi sessiya Buxoro tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Xayrullo Jo‘rayev 2020 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda kelgusi yil rejalari bo‘yicha hisobot berdi.

Ta’kidlanishicha, tumanda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 534,6 milliard so‘m yoki 107,1 foizga, xalq iste’mol mollari 338 milliard so‘m yoki 100,3 foizga, qurilish-pudrat ishlari 392,1 milliard so‘m yoki 108,7 foizga, chakana savdo hajmi 508,6 milliard so‘m yoki 100 foizga bajarildi.

Iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha tumanda yilning o‘tgan 10 oyi mobaynida aholi jon boshiga hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 3,2 million so‘mga, xizmatlar hajmi 2,3 million so‘mga, chakana savdo xizmatlari 3,04 million so‘mga to‘g‘ri keladi.

2020-2021 yillar investitsiya dasturi doirasida bugungi kunga qadar qiymati 304 milliard so‘mlik 33 ta loyiha amalga oshirildi.Ularda 691ta yangi ish o‘rni yaratildi. 3 ta xorijiy kapital ishtirokidagi loyihalar doirasida jami 30 million .AQSH dollariga teng bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan edi.

bugungi kunga qadar, 31,5 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi. Yil yakuniga qadar jami 32,5 million AQSH dollaridan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilishi va yillik prognoz ko‘rsatkichi 108 foizgaga bajarilishi kutilmoqda.

Tumanda kichik tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish va faoliyatini kengaytirishda kichik sanoat zonalarining o‘rni juda muhim hisoblanadi. Tumanning “Mustaqillik” MFY hududida 2,1 gektar yer maydonida 11 ta lotdan iborat kichik sanoat zonasi tashkil etildi. Mazkur sanoat zonasida umumiy qiymati 13,1 milliard so‘m investitsiya kiritish hamda 124 ta yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan 10 ta tashabbuskorga bo‘sh yer maydonlari ajratildi. 4 ta tashabbuskor tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda. Kelgusida mazkur yo‘nalishda ishlarni davom ettirgan holda yangi kichik sanoat zonasi, ayniqsa “Yoshlar kichik sanoat zonasi” tashkil etish bo‘yicha yer tanlash ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimizning 2018 yil 10 iyuldagi “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirdari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanning Asad Shokirov massividan 500 gektar yer maydoni zamonaviy issiqxonalar qurish uchun EIZ ga ajratib berilgan. Hozirda issiqxonalar qurish uchun 71 ta loyiha tashabbuskorlariga qiymati 209 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish maqsadida 324 gektar yer maydoni ajratilgan. Shu kunga qadar 87 gektar issiqxonalar ishga tushirildi. 798 dan ortiq yangi ishchi o‘rinlari yaratildi. 2021 yil I choragida 6 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 14 gektar yer maydonlaridagi issiqxonalarda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari yakunlanadi. Issiqxona ishga tushishi natijasida yana 135 ta doimiy va mavsumiy yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilyapti. Kelgusi yil yakuniga qadar yana 18 ta loyihalar doirasida 117 million dollarlik 93 gektar yer maydonida zamonaviy issiqxonalar barpo etiladi. 495 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Tumanda joriy yilda 518 ta yangi kichik biznes sub’ektlar tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rsatgich yanvar-noyabr oylarida 504 ta yoki rejaga nisbatan 104 foizga uddalandi.

Aholi bandligini ta’minlash, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash, qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘lish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 20,8 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Natijada 820 ta loyiha amalga oshirilgan. 885 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangan.

Tumanda "Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida 742 ta loyixa uchun 16,9 milliard so‘m, fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 6 ta loyiha uchun 602 million so‘m, hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi doirasida 34 ta loyiha uchun 1 milliard so‘m, mahalliy hokimliklar huzuridagi jamg‘armalarning dasturlari doirasida 12 ta loyiha uchun 33 million so‘m, bandlikka ko‘maklashish dasturi doirasida 5 ta loyiha uchun 15 million so‘m, xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida 14 ta loyiha uchun 274 million so‘m, "Yoshlar-kelajagimiz" dasturi doirasida 7 ta loyiha uchun 1,8 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.

Tumani hokimi o‘z axborotida erishilayotgan muvaffaqiyatlar qatorida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratdi. Sessiyada 2021 yilda 2 ming 100 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilishi, 210 nafar fuqarolar turli kasblarga o‘qitilishi, 220,5 million so‘m stependiya to‘lab berilishi, 450 nafar ishsiz fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanishi, 495,2 million so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lanishi, 1800 nafar ishsiz fuqarolarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilinishi, 2,5 milliard so‘m ish xaqi to‘lovlari to‘lanishi, 355 nafar ishsiz fuqarolarga 685 million so‘mlik subsidiya mablag‘lari moliyalashtirib berilishi bo‘yicha dastlabki rejalashtirish ishlari olib borilayotganligi ta’kidlandi. 2200 ta norasmiy ish o‘rinlarini rasmiylashtirish rejalashtirilmoqda.

Tumanda joriy yilda 6,2 million dollarlik sanoat hamda 13,4 million dollarlik qishloq xo‘jaligi bo‘yicha jami 19,6 million AQSH dollarlik reja belgilangan. 18 million dollarlik (shundan 5,6 mln.dollarlik sanoat hamda 12,4 million dollarlik qishloq xo‘jaligi) mahsulotlar eksport qilinishi belgilangan. Amalda 11,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilingan hamda belgilangan reja 66 foizga bajarilgan.

Sessiyada tuman hokimi keng aholi vakillarini ayniqsa, yoshlarni doimiy ravishda kitob o‘qish, gazeta mutolaa qilishga chorladi. Mutasaddilarga o‘zi tahsil olgan maktablarga kitob ulashish taklifi bilan chiqdi. Tashabbusni o‘zi boshlab berishini bildirdi. Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bilim va aql bilan ish ko‘rish kerakligini ta’kidladi. Buning uchun har bir rahbar albatta kitob o‘qishi kerakligini uqtirdi. Yangi O‘zbekistonni yangi dunyoqarash bilan qurishda hamjihatlikka chaqirdi.

Sessiya ishida hozir bo‘lgan ommaviy axborot vositalari, mustaqil jurnalist va blogerlar uchun Buxoro tuman hokimligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi.

Zarif Komilov, O‘zA