Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman hokimi yoshlar bilan uchrashdi
12:36 / 2026-02-27

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda har payshanba “Yoshlar kuni” sifatida belgilangani yoshlarning muammolarini joyida hal etish, ularning bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim olishi hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega.

Bu tashabbus yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan Buxoro viloyatining cho‘l hududida joylashgan Qorovulbozor tumanidagi Qorovulbozor tuman texnikumida tuman hokimi O‘. Hamroyevning o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. 

Tuman hokimi o‘z so‘zida bugungi kunda davlat tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar – zamonaviy ta’lim olish, kasb-hunar egallash, xorijiy tillarni o‘rganish, sport bilan shug‘ullanish, munosib ish o‘rni topish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Ayniqsa, texnikum bitiruvchilarini tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash, mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirish masalalari yuzasidan mutasaddi rahbarlarga aniq vazifa va ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan aniq va tushunarli javoblar oldilar.  

Shuningdek, Qorovulbozor tuman texnikumi bitiruvchi yoshlari uchun keng qamrovli mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi. Yarmarkada tuman va hududdagi korxona va tashkilotlar, bank muassasalari vakillari ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishlab chiqarish amaliyoti dasturlari hamda ishga joylashish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Bitiruvchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan suhbatlashish, rezyume topshirish, dastlabki tanlov jarayonlarida qatnashish imkoniga ega bo‘lishdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri