Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman hokimi tadbirkorlar murojaatini o‘rgandi
15:28 / 2022-03-28

Buxoro viloyati Romitan tumani hokimi Umidjon Barnoyev hududdagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Unda turli soha va yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari vakillari, yangi biznes loyiha va rejalar ustida izlanayotgan tashabbuskor tadbirkorlar qatnashdi.  

– O‘z ishimni kengaytirib, go‘zallik saloni, dam olish maskani tashkil etmoqchiman,  

– deydi tadbirkor Nilufar Jo‘rayeva. – Endilikda chuchvara tugish sexini kengaytirmoqchiman. Menga 500 million so‘mlik kredit kerak edi.  

Tuman hokimi tadbirkorning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Unga kredit ajratilishida yordam berildi. “Bog‘cha” MFY "Bog‘cha" qishlog‘ida yashovchi To‘ymurod G‘iyosov ham ancha yillardan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tadbirkor qishlog‘ida non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexini qurmoqchi ekanligini bildirdi. Tuman xalq banki tomonidan tadbirkorga kredit rasmiylashtirib beriladigan bo‘ldi. 

Tadbirkorlik sub’ektlari bilan ochiq-oshkora muloqotga kirishgan tuman rahbari yuzga yaqin murojaatlarni o‘rgandi. Ularning har biri yuzasidan bevosita mas’ul mutasaddilar zimmasiga qator vazifalar yuklatildi. Faoliyati va eksport imkoniyatlarini kengaytirmoqchi, biznes loyihalarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan tashabbuskor tadbirkorlarga bank-kredit siyosati, alohida yer maydoni ajratish bilan bog‘liq o‘zgarishlar, soliq siyosatida ko‘zda tutilgan imtiyoz va imkoniyatlar xususida batafsil tushuncha berildi.  

[gallery-6330]

Zarif Komilov,  
Tohirjon Istatov (surat), O‘zA