Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman elektr korxonasi rahbari 1500 AQSH dollari pora olayotganda DXX tomonidan ushlandi
14:10 / 2022-08-05

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qayd etilishicha, Qumqo‘rg‘on tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbari Yu.X. tumanda faoliyat yuritayotgan «Mustahkam Mustaqillik» MCHJ rahbari U.R.dan mazkur MCHJga tegishli qurilish sexini elektr tarmog‘idan uzdirib, tamagirlik yo‘li bilan tarmoqqa qayta ulab berishi uchun 1500 AQSH dollar talab qiladi.

Tezkor tadbir davomida Yu.X. kelishilgan pulni o‘zining xizmat xonasida olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Hozirda mansabdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maftuna Karimova, O‘zA