Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman budjeti daromadini kamida 2 karra ko‘paytirishga sharoit yaratib berish zarurligi qayd etildi
12:01 / 2025-12-26

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Shu maqsadda 2026 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘idan tushumning Toshkent shahrida 5 foizi, qolgan hududlarda 20 foizi qoldirilib, bu mablag‘ning yarmi tumanlar budjetiga o‘tkaziladi.  

Bundan tashqari, daromadlarning prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismining 50 foizi, ekin yerlarini ijaraga berish va bozorlardan tushumlar ham to‘liq tuman budjetiga beriladi.  

Viloyat, tuman hokimlariga samarasiz va bir-birini takrorlaydigan shtat birliklarni qisqartirib, tejalgan mablag‘ni aholi o‘rtaga qo‘ygan masalalarni hal qilish uchun ajratishga ruxsat etiladi.  

Bu orqali tumanlar budjetida 5 trillion so‘mlik qo‘shimcha manba shakllanadi va u mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga sarflanadi.

O‘zA