Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuman bosqichi yakunlandi
15:18 / 2026-03-03

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining Xovos tumani bosqichi yakunlandi.

Musobaqada tuman umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolari — asosan 10–11-sinf o‘quvchilari — turli harbiy-sport va ma’naviy-tarbiyaviy mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qatnashchilar tizimli tayyorgarlik, jamoaviy hamkorlik va o‘zini boshqarish qobiliyati bo‘yicha baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 29-sonli maktab jamoasi g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni mos ravishda 16-sonli va 5-sonli maktab jamoalari egalladi. Barcha g‘olib va sovrindor jamoalar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri