Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuhmat qilganligi uchun besh yilda 11,5 mingdan ziyod shaxs javobgarlikka tortilgan
09:09 / 2023-02-27

Har bir shaxs Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishi, boshqalarning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasligi lozim.

Ammo keyingi paytda ijtimoiy tarmoqlarda ochiqdan-ochiq yoki turli yashirin sahifalar, guruhlar orqali shaxslarning qadr-qimmatini kamsitish orqali haqorat qilish va uni sharmanda qilishga qaratilgan holatlar ko‘payib bormoqda.  

Jumladan, tuhmat qilganligi uchun 2018–2022 yillarda 11,5 mingdan ziyod shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Ayni shu davrda OAV yoki internet orqali ushbu jinoyatni sodir etgan 28 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.  

OAV va internet tarmog‘ida haqorat qilish orqali jinoyatini sodir etganligi uchun 2020 yilda 16, 2021 yilda 31, 2022 yilda 58 nafar shaxs sud tomonidan aybdor deb topilib, tegishli javobgarlikka tortilgan.  

Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun 2021-2022 yillarda 159 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.  

Adliya vazirligi mazkur holatlarning amaldagi qonunlar bilan taqiqlanganini yana bir bor eslatdi.  

Fuqarolarning huquq va erkinliklariga daxl qiluvchi xatti-harakatlar, ya’ni tuhmat, haqorat qilish, shaxsning sirini oshkor etish, shaxsga doir ma’lumotlarni noqonuniy tarqatish, yolg‘on axborot tarqatish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.  

Fuqarolik qonunchiligiga binoan, fuqarolar o‘zlari to‘g‘risidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborot yuzasidan sud orqali raddiya talab qilish, shuningdek, o‘zlariga yetkazilgan zarar va ma’naviy ziyonning o‘rnini qoplashni talab qilish huquqiga ega.  

Qonunchiligimizda aybsizlik prezumpsiyasi mustahkamlangan bo‘lib, birorta jinoyat sodir etgan shaxsning xatti-harakatlari sudda, oshkora ko‘rilib, sud tomonidan uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor emas.  

Jinoyat ishini yuritish doirasida olib borilayotgan tergov harakatlarida aniqlangan holatlarni oshkor qilganlik uchun mansabdor shaxsga ham fuqarolarga ham javobgarlik belgilangan.  

 

O‘zA