Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tug‘ma nuqsonli bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda
11:42 / 2024-02-16

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov boshchiligida markazning yetuk shifokorlari Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Viloyatning barcha tumanlarida markaz mutaxassislari hamda mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda bolalarda uchraydigan tug‘ma nuqsonlarni bartaraf etish va ularni davolash maqsadida tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda.  Bundan tashqari viloyatda travmatologiya va ortopediya sohasidagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda.  

M.Qosimova, O‘zA