Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tug‘ma karlikka davo topildimi? (+video)
10:48 / 2026-01-24

Shvetsiyadagi Karolin instituti olimlari gen terapiyasi orqali tug‘ma karlikni davolashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda “Euro Pulse” nashri xabar bermoqda.

O‘tkazilgan klinik sinovlar davomida tug‘ma eshitish nuqsoniga ega bo‘lgan 10 nafar bemorning barchasida eshitish qobiliyati tiklangan. Olingan natijalar esa tadqiqotchilarning o‘zlarini ham hayratga solgan.

Tadqiqot tug‘ma karlikka sabab bo‘luvchi OTOF genidagi mutatsiyani o‘rganishga qaratilgan. Olimlar fikriga ko‘ra, ushbu gendagi o‘zgarish dunyo bo‘ylab taxminan 200 ming nafar insonda eshitish bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, tadqiqotchilarning asosiy maqsadi tovush signallarining organizmda to‘g‘ri uzatilishini ta’minlashdan iborat bo‘lgan. Shu maqsadda bemorlarning quloq qismiga maxsus virus-tashuvchi yuborilgan bo‘lib, u kerakli genni hujayralarga yetkazib bergan. Bugungi kunda gen terapiyasida viruslar kasallik qo‘zg‘atuvchi emas, balki boshqariladigan tashuvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Tadqiqotda bir yoshli bolalardan tortib katta yoshli bemorlargacha — jami 10 nafar ishtirokchi qatnashgan va ularning barchasida ijobiy natija qayd etilgan. Manbalarga ko‘ra, ayniqsa 5–8 yoshli bolalarda terapiya eng yuqori samara bergan.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CjpxKklJh2A" title="Tug`ma karlikka davo topildimi? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F.Yaxshiboyeva,
U.To‘xtayev (video), O‘zA