Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
TTA ilmiy izlanishlar uchun 300 ming AQSH dollari miqdoridagi grantga ega bo‘ladi
16:42 / 2021-10-12

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash Vazirligi konferensiyalar zalida vazirlik, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Janubiy Koreyaning KOICA tashkiloti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi muxtor elchisi, KOICA rahbari, professor Cho  hamda  O‘zbekiston tomonidan  Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari A.Azizov, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori A.Shodmonovlar ishtirok etishdi.

Kelishuvga binoan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Covid-19 profilaktikasi va bu boradagi ilmiy izlanishlar uchun 300 ming AQSH dollari miqdoridagi grantga ega bo‘ladi, deya xabar beradi Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot xizmati.

 

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA