Triatlon bo‘yicha jahon kubogi bahslari yakunlandi
Samarqand mezbonligida triatlon bo‘yicha o‘tkazilgan “World Triathlon Cup Samarkand-2025” musobaqasi yakunlandi. 35 dan ortiq mamlakat sportchilari ishtirok etgan musobaqaning ayollar bahsida oltin medal Xalqaro triatlon federatsiyasi bayrog‘i ostida harakatlangan Diana Isakovaga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasidagi murosasiz bellashuvlar yakunida fransiyalik sportchi Maksim Hueber g‘olib bo‘ldi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston triatlon federatsiyasi va Xalqaro triatlon federatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha memorandum imzolandi.
[gallery-23568]
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari