“Trend”: O‘zbekistonda tibbiyot muassasalari raqamlashtirilmoqda
Hamkorlarimiz sahifalarida
Ozarbayjonning “Trend” axborot agentligi saytida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida material berildi.
Maqolada, jumladan, raqamli islohotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari faoliyatini raqamlashtirish rejasi ishlab chiqilgani ta’kidlangan.
Ayniqsa, birinchi ustuvor yo‘nalish - tibbiy-profilaktika muassasalari, dorixonalar va sog‘liqni saqlash idoralarini internet tarmog‘iga ulash, kompyuterlashtirish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratizimi yaratilishi e’tirof etilgan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA