Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Travmatologiya-ortopediya sohasi xodimlarining X s’ezdi ish boshladi
20:51 / 2022-10-21

Bugun poytaxtimizda tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri travmatologiya-ortopediya sohasi xodimlarining X s’ezdi ish boshladi. Tadbirda ikki yuz nafar mahalliy shifokor va AQSH, Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Bangladesh, Belarus, Ukraina hamda Qozog‘iston davlatlaridan 50 dan ortiq tibbiyot mutaxassislari ishtirok etdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yiliga uch mingga yaqin endoprotezlash, uch yarim mingdan ziyod artroskopik operatsiyalar o‘tkazilmoqda.

Tadbir dasturidan tayanch-harakat a’zolari jarohatlari va kasalliklarining oldini olish, tashxislash hamda davolash, osteosintez muolajasining eng yangi usullari, yirik bo‘g‘imlar artroskopiyasi va endoprotezlash operatsiyalari, umurtqa jarrohligi, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasi masalalari, osteoporoz muammolariga bag‘ishlangan qator ma’ruzalar o‘rin oldi.

Tadbir doirasida mahorat darslari hamda travmatologiya va ortopediya yo‘nalishida qo‘llaniladigan zamonaviy dori vositalari hamda tibbiy qurilmalarni ishlab chiqaruvchi nufuzli kompaniyalar mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

S’ezd ertaga ham o‘z ishini davom ettiradi.

M.Qosimova, O‘zA