Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trass Buyuk Britaniyaning uchinchi ayol bosh vaziri bo‘ladi
12:02 / 2022-09-06

Seshanba kuni Liz Trass Buyuk Britaniya tarixida uchinchi ayol bosh vazir bo‘ladi va Dauning-stritdagi qarorgohga ko‘chib o‘tadi.

Dushanba kuni Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari saylovi natijalari e’lon qilindi. Saylovda tashqi ishlar vaziri Liz Trass 81,3 mingta ovoz olib g‘alabaga erishdi. Uning raqibi sobiq moliya vaziri Rishi Sunak  60,4 mingta ovoz olib g‘alabani boy berdi.

Seshanba kuni amaldagi bosh vazir Boris  Jonson Dauning-strit qarorgohi qarshisida bosh vazir sifatida so‘nggi ma’ruzasi bilan chiqish qiladi. Keyin u qirolicha Yelizaveta II qabulida bo‘ladi va bosh vazirlik vakolatini topshiradi. Trass ham qirolicha huzuriga boradi va qirolicha uni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinlaydi.
 
Trass hozirgi qirolicha uchun 15 chi bosh vazir hisoblanadi. U ushbu yuksak lavozimni egallagan uchinchi ayoldir. Undan avval Margaret Tetcher (1979-1990) va Tereza Mey (2016-2019) Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lgan edi.

Seshanba kuni Trass Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibini ham tasdiqlashi mumkin, deyiladi xabarda.